Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Yosh tennischilarimizga bosh sovrin kerak

Izohlar: 0

Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz ham bosh sovringa da’vogarlik qilmoqda. 

Yakkaliklar o‘rtasidagi musobaqada Odil Karimov mezbonlar vakili Amir Aitkazini 6:1, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo‘l oldi. Beshinchi raqamda saralangan hamyurtimiz chorak finalga chiqish uchun rossiyalik Erbol Erdiyoro‘g‘li bilan bellashadi. 

Yosh tennischimiz Mark Tryakshin esa dastlabki uchrashuvida rossiyalik Ilarion Danilchenkoni uch set yakuniga ko‘ra 6:3, 0:6 6:3 hisobida dog‘da qoldirdi. 

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q