A Seriya. Bugun "Roma" derbida maydonga tushadi

Bugun Italiya A Seriyasi 13-tur o‘yinlari start oladi.

Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" o‘z maydonida "Latsio"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi.

Ma’lumot uchun, "bo‘rilar" ayni damda turnir jadvalida 25 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda, "Latsio" esa 24 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!