A Seriya. Bugun "Roma" o‘ynaydi!

  • 22 avgust, 2021, 10:17
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Italiya A Seriyasining yangi mavsumiga start berildi. 

Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" birinchi turni o‘z maydonida "Fiorentina"ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. 

Ma’lumot uchun, Eldor yozgi transfer vaqtida "Jenoa"dan "Roma"ga 17 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Shomurodov mavsum oldi o‘rtoqlik uchrashuvlarida 2ta va Konferentsiyalar kubogida o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Bugungi bahsda hamyurtimizga omad tilaymiz hamda gollar kutib qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
22/08/2021 14:04
Элдор Омад сенга. Фақат олға. Сифатли ўйин ва гол кутиб қоламиз.