A Seriya. "Inter" oʻz maydonida minimal hisobda gʻalaba qozondi
Italiya A Seriyasining 20-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Milaning "Inter" klubi o‘z uyida "Lechche"ni qabul qilib, minimal 1:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
Bellashuvdagi muhim va yagona golga 78-daqiqada Franshesko Pio Esposito mualliflik qildi.
Ma’lumot o‘rnida, "Inter" ushbu bahsdan so‘ng ochkolar sonini 46 taga yetkazib olib, 2-o‘rindagi "Milan" bilan farqni 6 tagacha oshirib oldi. "Milan" bu turdagi o‘z uchrashuvini endi o‘tkazadi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Inter
- Pio Esposito 78'
Tugadi
1
:
0
15.01.2026 00:45
Fikrlar