
A Seriya. "Roma" o‘z maydonida "Inter"ga mag‘lub bo‘ldi
A Seriyaning 8-turida "Roma" "Inter"ni o‘z maydonida qabul qilib, mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yindagi yagona golni Martines urdi. Hujumchi 60-daqiqada qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Shomurodov zaxirada qoldirildi.
Shu tariqa, milanliklar turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa chiqib olishdi. Rimliklar esa 10-pog‘onaga joylashishdi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Roma
Tugadi
0
:
1
20.10.2024 23:45

Inter
- Lautaro Martínez 60'
Fikrlar