Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

A Seriyasidagi ikki klub Kyezaga qiziqmoqda

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Napoli» va «Komo» «Liverpul» hujumchisi Federico Kyezani 20 million yevro evaziga sotib olish uchun muzokara olib bormoqda.

2021 yilda Italiya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo‘lgan Federico Kyeza yana  A Seriyaga qaytishi mumkin.
 

Caught Offside nashrining yozishicha, 28 yoshli «Liverpul» hujumchisiga o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra Chempionlar ligasiga yo‘l olgan ikki klub – «Napoli» va «Komo» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, angliyaliklar italyan hamkasblariga Kyezani 20 million yevro evaziga sotishga tayyor ekanini yetkazgan. «Napoli» va «Komo» esa dastlab futbolchini ijaraga olish variantlarini ko‘rib chiqqan, shu bois hozircha qarorni kechiktirib, vaziyatni o‘rganish uchun vaqt olgan. Kutilganidek, muzokaralar keyinroq davom ettirilishi mumkin.
 

Federico Kyeza 2024 yil yozida «Yuventus»dan «Liverpul»ga o‘tgandi. Biroq u yerda ikki mavsum davomida bor-yo‘g‘i 50 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan cheklandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q