
Abbosbek Fayzullaev norozi bo‘ldi
RPLning 3-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Orenburg" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda "armiyachilar" g‘alaba qozondi.
Gollarga Tamerlan Musaev, Igor Diveev, Dmitriy Ribchinskiy, Ivan Oblyakov va Kelvinlar mualliflik qildi. Abbosbek Fayzullaev o‘yinning ilk daqiqalaridan maydonga tushdi va 67-daqiqada zaxiraga olindi. Shu tariqa, poytaxtliklar ochkolari sonini 7 ta oshirib qo‘ydi va turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Uchrashuvdan so‘ng Fayzullaev Parijdagi olimpiada o‘yinlaridagi yashash sharoiti unchalik ham yoqmaganligini aytdi.
O‘zbekiston terma jamoasi olimpiada o‘yinlarining futbol bosqichida atigi 1 ochko jamg‘arib, “S” guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi. Jamoa Ispaniya (1:2) va Misr (0:1) jamoalariga imkoniyatni boy berib, Dominikan Respublikasi (1:1)bilan durang o‘ynadi. Fayzullaevning o‘zi esa, barcha uchrashuvlarda ishtirok etdi.
- Olimpiadada qatnashish sizgda qanday taassurot qoldirdi?
- Yaxshi taassurot qoldirdi. Bu ajoyib tajriba bo‘ldi.
- Musobaqadani yashash sharoitlari sizga yoqdimi?
- Uncha ham yaxshi emas.
- Olimpiadadagi muhit haqida nima deysiz?
- Umuman olganda menga umumiy atmosfera yoqdi" - deydi Fayzullaev.
Fikrlar