Abdumalик Xalokov finalda!

  • 29.09.2026 10:24
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugundan Osiyo oʻyinlarining boks bahslarida yarim final janglari start oldi. 

-60 kg da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov mezbonlar vakili Shunsuke Kitamotoga qarshi ringga koʻtarildi. Yaponiyalik oʻz uyida Abdumalikka qarshi bor imkoniyatini ishga solganiga qaramay, Xalokov mahorati bilan jangni oʻz foydasiga hal qildi va 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Eslatib oʻtamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Fazliddin Erkinboev va Ankush (Hindiston) toʻqnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!