Abdumalik Xalokov yarim finalda!
60 kg vazn toifasidagi vakilimiz, Olimpiada va jahon chempioni Abdumalik Xalokov ham Osiyo oʻyinlarida ikkinchi jangini oʻtkazdi. U filipinlik Junmilardo Ogayrega qarshi ringga koʻtarildi.
Kutilganidek, Xalokov har uchchala raundda ham katta ustunlik bilan harakat qildi va yakunda 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun, bizni oldinda yana bir charm qoʻlqop ustamiz Jahongir Zokirov va Muhammad Abroridinov (Tojikiston) oʻrtasidagi bahs kutmoqda.

Fikrlar