Abduqodir Husanov "Oltin to'p"ni ham oladi!

  • 17.06.2026 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustamjon Ashurmatov Sport-express.ru sayti vakillari bilan suhbatda  munidalda o‘zi bilan yonma-yon o‘ynaydigan "Manchester Siti" futbolchisi  Abduqodir Husanovning o‘yini haqida fikr bildirdi.

— Siz himoya chizig‘ida "Manchester Siti"ning asosiy himoyachisi bilan birga o‘ynaysiz. Uning karyerasi qay tarzda rivojlanayotgan — bu mavsumda bunday klubda eng yaxshi uch futbolchi qatoriga kirgani — siz uchun hayratlanarli hodisami? 

— Yo‘q, men bundan hayratda emasman. Chunki uni "Bunyodkor"ning asosiy tarkibida o‘ynagan paytimdanoq bilardim, o‘sha vaqtda u akademiyada edi. 

Albatta, o‘shanda bunday darajadagi kelajagini tasavvur qilmaganman, lekin hozir bo‘layotgan narsalarni tabiiy qabul qilaman. 

Eng muhimi, unda hali ham kuchayish, yanada o‘sish salohiyati bor. Unga Angliyada, Evropada va umuman dunyoda eng yaxshi futbolchiga aylanishini tilayman.

— U bunga haqiqatan ham shunga qodirmi? — 

Albatta. Hozir ko‘rayotganimiz — uning chegarasi emas. U hatto eng nufuzli sovrin hisoblangan "Oltin to‘p"ni ham qo‘lga kiritishi mumkin. 

Men unga "Manchester Siti"ga o‘tishidan ancha oldin, "Lans"da o‘ynagan payti dayoq ishonaman. U Fransiyada ham juda yuqori darajada o‘ynagan.

— Maydonda unga qattiq tanbeh berib, talab qo‘yishingiz mumkinmi? 

— Albatta, u hali yosh. Lekin u ham menga shunday qilishi mumkin! Va men bunga mutlaqo oddiy holat sifatida qarayman. Chunki maydonda hammaning o‘rni bir xil. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish uchun dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan Kolumbiya va Portugaliya, shuningdek, jismonan baquvvat futbolchilardan tarkib topgan Kongo Demokratik Respublikasi vakillari bilan raqobatlashmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!