Asosiy mazmunga oʻtish
MMA

Abu-Dabidagi UFC turniri super jangdan mahrum bo‘ldi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Xabaringiz bor, 25 iyul kuni BAAda "UFC Fight Night 282" turniri bo‘lib o‘tadi

Xabaringiz bor, 25 iyul kuni BAAda "UFC Fight Night 282" turniri bo‘lib o‘tadi.

E’tiborli­si, mazkur oqshomda ACA sobiq chempionlari – Magomedrasul Gasanov va Abubakr Vagaev o‘zaro jang qilishi rejalashtirilgan edi. Biroq bahs Gasanov sababli bekor qilindi. O‘rta vazn toifasida ACA sobiq chempionini jangni tark etishga majbur qilgan sabablar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, "UFC Fight Night 282" ning markaziy to‘qnashuvida rossiyalik Magomed Ankalaev amerikalik Xalil Rauntriga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q