Adeyemi: "Messi har yili eng yaxshi futbolchi"
Karim Adeemiy «Oltin to‘p»da Leo Messini har yili eng yaxshi futbolchi, Lamin Yamalarni esa asosiy favoritlardan biri, deb hisoblaydi.
«Barselona»ning hujumkor yarimhimoyachisi Karim Adeyemi yaqinlashib kelayotgan «Oltin to‘p» taqdimot marosimi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Har bir futbolchi o‘ziga xos, har biri o‘ziga yarasha noyob. Leo Messidan tashqari, dunyoda kimnidir eng yaxshi, deb aniq aytish qiyin. Men uchun u har yili eng yaxshi futbolchi. Nomzodlar ro‘yxatidagi har bir o‘yinchi bu mukofotga munosib. Yamalmi? U asosiy favoritlardan biri», – deya nemis futbolchisining so‘zlarini Ara in English nashri keltiradi.
Bu yilgi «Oltin to‘p» topshirish marosimi Londonda (Angliya) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu nufuzli individual sovrin Frantsiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Usman Dembelega topshirilgan edi.
Izohlar (0)