Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Agent: U faoliyatini "Barsa"da emas, "Dinamo"da yakunlaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklar yulduzining rejasi oshkor bo‘ldi

«Barselona»ning hujumkor yarimhimoyachisi Dani Olmoning agenti Endi Bara futbolchining kelajakdagi rejalari haqida gapirib o‘tdi. Unga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi bir kuni yana Zagrebning «Dinamo» jamoasiga qaytishni istaydi.

«U karerasini aynan «Dinamo»da yakunlashni xohlaydi va shunday bo‘lishiga umid qiladi. 

Hatto murabbiy sifatida ham – u murabbiylik faoliyatini «Dinamo»da boshlashni orzu qiladi. Dani hali ham uyda 7-raqamli, orqa tomonida o‘z familiyasi yozilgan «Dinamo» futbolkasini kiyib yuradi – hatto hozir, «Barselona»da o‘ynab yurgan paytida ham», – dedi Bara Inkubator podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Dani Olmo o‘z vaqtida Zagrebning «Dinamo» tarkibida 124 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida 34 ta gol urgan va jamoadoshlariga 28 ta golli pas yo‘llagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q