Aguero Argentinani eng zo‘ri deb atadi

  • 12.08.2024 16:51
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Serxio Aguero Argentina terma jamoasining so‘nggi yillardagi muvaffaqiyati haqida gapirdi.

- Argentinani Amerika Kubogidagi qahramonlikdan so‘ng tarixdagi eng buyuk deb atash mumkinmi?

- Argentina, shubhasiz, bugungi kunda eng yaxshi jamoa. Jahon chempionati va Amerika kubogidagi g‘alabalar barcha shubhalarni yo‘qqa chiqaradi.

Ammo tarixdagi eng zo‘riga kelsak, qoida tariqasida, bunday taqqoslashlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Xuddi odamlar mendan "tarixdagi eng yaxshi futbolchilar" haqida so‘raganidek. Men bu jamoani tarixdagi eng yaxshi jamoalardan biri deb atagan bo‘lardim, qolganlarini esa sovrinlar belgilab qo‘ysin -, dedi Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi "Stake" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi so‘nggi 3 yil ichida to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi ("Kopa Amerika-2020", "Finalissima-2021", "JCh-2022", "Kopa Amerika-2024"). Hozirda terma jamoalar reytingida ham peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!