Al’vares "Barselona" va "Real" oʻrtasida tanlov qildi
Madridning "Atletiko" jamoasi hujumchisi Xulian Alvares o‘z kelajagi borasidagi asosiy savolga javob topdi. U keyingi mavsumlarda qaerda o‘ynashni istashini aniq belgilab olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik forvard unga jiddiy qiziqish bildirgan ikki grand — "Real" va "Barselona" o‘rtasida tanlov qildi. Jurnalist Janluidji Longarining xabar berishicha, futbolchi Kataloniya klubiga o‘tish variantiga ko‘proq moyil.
Manbalarga ko‘ra, "Real" Xulian Alvares uchun 150 million yevro miqdorida taklif berishga tayyor. "Barselona" esa hozircha uning transferiga 100 million yevro ajrata olishi aytilmoqda.

Fikrlar