"Al-Xilol"dan "Barsa"ga hushxabar keldi

  • 01.08.2026 15:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yaqin kunlarda flang himoyachisi Joau Kanselu bilan to‘liq shartnoma imzolaydi. The Touchline nashri xabariga ko‘ra, «Al-Hilol» 32 yoshli portugaliyalik futbolchini qo‘yib yuborishga rozilik bergan. Endi saudiyalik klub kataloniyaliklar bilan muzokaralarni yakunlashini kutmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Joau Kanselu uchun transfer to‘lovi taxminan 10 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismida Kanselu «Barselona» safida ijarа asosida o‘ynagan edi. U kataloniyaliklar tarkibida 65 ta o‘yinda maydonga tushib, olti bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va jamoadoshlariga to‘qqizta golli pas yo‘lladi.

«Barselona» yangi mavsumni 23 avgust kuni boshlaydi. Jamoa La Liga doirasida safarda «Elche»ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!