Asosiy mazmunga oʻtish

Al’ba «Oltin to‘p» sohibini tanladi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Jordi Alba 2026 yildgi «Oltin to‘p» uchun asosiy nomzod sifatida Messi va 19 yoshli Lamin Yamalarni alohida ta’kidladi.

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Jordi Alba 2026 yilda «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan nomzodlar haqida fikr bildirdi.

«Rostini aytsam, bu safar gʻolib kim boʻlishini umuman tasavvur qila olmayapman. Juda katta noaniqlik bor. Agar shaxsiy fikrim qiziq boʻlsa, men Messi nomzodini aytardim. Lionel juda zoʻr mavsum oʻtkazdi, jahon chempionatida ham oʻzini ajoyib tomondan koʻrsatdi. Koʻpchilik Yamal va Mbappe haqida gapiryapti. Men esa 19 yoshida erishgan yutuqlarini inobatga olgan holda Laminni qoʻllab-quvvatlardim», – deya ispan futbolchisining soʻzlarini AS nashri keltiradi.

«Oltin toʻp» taqdimot marosimi dushanba, 26 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Tantanalı tadbirga London shahri mezbonlik qiladi.

Oʻtgan yili ushbu nufuzli sovrinni fransuz yarimhimoyachisi Usman Dembele qoʻlga kiritgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q