Aldjameyn Sterling doping qabul qilganmi?

TIGGO 2 PRO

O‘ta engil vaznda (61 kg) sobiq UFC chempioni, amerikalik Aldjameyn Sterling ijtimoiy tarmoqlarda doping-testdan olingan suratlarni e’lon qildi.

"Menimcha, sinovdan o‘tish mening navbatim. Keling, ushbu sport turini yoki hech bo‘lmaganda UFC ni toza tutaylik”, - deb yozdi Sterling ijtimoiy tarmoqda.

E’tiborlisi, avvalroq Aldjameyn o‘zining raqibi rossiyalik Movsar Evloevni dopingda ayblagan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Sterling(24-4) va Evloev(18-0) jangi 5 oktyabr kuni Solt-Leyk-Siti (AQSh)da o‘tkaziladigan "UFC 307" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!