Aleks Perreyraning keyingi raqibi oydinlashmoqda
UFC sobiq chempioni Aleks Perreyraning murabbiyi Glover Teysheyra jamoa o‘z shogirdi uchun navbatdagi raqibni aniqlaganini ma’lum qildi.
"Bizga Aleksni yana chempionlik jangiga olib chiqadigan bahs kerak. Josh Hokit juda ko‘p gapirdi. Shu bois men Aleksga bor, uni nokaut qil, yana cho‘qqiga qayt va revanш imkoniyatini qo‘lga kirit, dedim", — deya ta’kidladi braziliyalikning murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, Perreyra oxirgi bor Siril Ganga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 2 raundda texnik nokautga uchragan edi.

Fikrlar