Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Aleksis Sanches va Stefano Sensi yozda "Inter"ni tark etadi

Izohlar: 0

Sanches "Inter" bilan ikki karra A Seriya g‘olibi, ikki marta Italiya superkubogi sohibi va bir marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

"Inter" futbolchilari Aleksis Sanches va Stefano Sensi mavsum oxirida "Inter" bilan xayrlashadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Chililik hujumchining "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi va u klub bilan kelishuvni uzaytirmaydigan bo‘ldi. Yarim himoyachi Sensi ham erkin agent sifatida jamoani tark etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Sanches "Inter" bilan ikki karra A Seriya g‘olibi, ikki marta Italiya superkubogi sohibi va bir marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q