Alisson qancha muddatga safdan chiqdi?

  • 3 oktabr, 13:48
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Galatasaray" - "Liverpul" bahsida Alisson Beker jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga o‘yinni Georgiy Mamardashvili davom ettirdi. 

Tecno

Braziliyalik darvozabon 6 haftaga safdan chiqdi, deya xabar bermoqda insayder David Ornshteyn. Jamoa bosh murabbiy Arne Slot esa uning holati haqida shunday gapirdi: "Alisson biroz vaqt maydonga tusha olmaydi. U FIFA kunlaridan keyin tuzalsa, hayron qolaman". 

Beker "qizillar"ning asosiy posboni hisoblanadi. U ushbu mavsum 9 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita penalti qaytarishga ham muvaffaq bo‘ldi. Alisson "Chelsi", "Liverpul", "Real Madrid" va "Manchester Siti" kabi klublarga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!