Alonso: Bu futbolchi yanvarda ketmaydi!
Qaror qatʼiy
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso vinger Estevao Villianning joriy mavsumning ikkinchi yarmida boshqa klubga ijaraga ketishini istisno qildi.
Estevao yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi va qishki transferlar oynasi davrida boshqa jamoaga o‘tmoqchi. Xabi Alonso esa, Estevaoni yanvar oyida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor emas. U futbolchini sabrli bo‘lishga chaqirmoqda.
«Bu borada hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Barcha futbolchilar maydonga tushishni xohlashi sir emas. Agar mening qarorlarim tufayli kimdir yetarlicha o‘yin daqiqalariga ega bo‘lmasa, buning mas’uliyatini o‘z zimmamga olishim kerak.
Ammo har bir futbolchi o‘yinga tayyor turishi lozim, chunki ular istalgan uchrashuvda muhim rol o‘ynashi mumkin. Este yaxshi mashg‘ulot o‘tkazmoqda va kayfiyati ham yaxshi», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Izohlar (0)