Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Alvarez o‘zini "Barsa"ga joylolmagan agentni haydayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Alami bor ekan

«Atletiko» Madrid tarkibida to‘p surayotgan argentinalik hujumchi Xulian Al’vares yaqin vaqtlarda o‘z agentlarini almashtirishi mumkin. Bu haqida Topskills Sports UK ma’lumot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi yozgi transfer oynasida yuz bergan voqealardan so‘ng o‘zining hozirgi vakili Fernando Idalgo bilan hamkorlikni tugatish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Eslatib o‘tamiz, yozda Al’vares «Barselona»ga o‘tishni juda istagan, ammo «Atletiko» klubi uni qo‘yib yubormagan edi.

Xabarga ko‘ra, argentinalik forvardning yangi agenti sifatida Xav’yer Pastore nomzodi ko‘rilmoqda. Unga tegishli agentlikning asosiy mijozi hozircha «Manchester Siti»ning yangi futbolchisi Enzo Fernandez hisoblanadi.

Yangi mavsumda Xulian Al’vares barcha musobaqalar doirasida uchta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q