
Amanda Anisimova Avstraliyada qoqildi
Amerikalik tennischi Amanda Anisimova "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" turnirining ikkinchi davrasiga chiqa olmadi.
Amanda qozog‘istonlik Zarina Diyas bilan ilk bosqichda raqobatlashib, 3:6, 6:4, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, Avstraliya ochiq chempionatining navbatdagi bosqichida Diyas rossiyalik Anna Blinkova yoki italiyalik Jasmin Paolini bilan kuch sinashadi.
Fikrlar