Amerikaga bekorga kelmagan! Messi rosa soqkani bosyapti
Boyligi ortib boryapti
«Inter Mayami» forvardi Lionel Messi MLSda eng yuqori maosh oladigan futbolchiga aylandi.
MLS futbolchilari kasaba uyushmasi 2026 yil oktyabr holatiga koʻra futbolchilar maoshi boʻyicha yangilangan maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, 39 yoshli argentinalik yulduz bonuslar va qoʻshimcha daromadlarsiz yiliga kafolatlangan 28,33 million dollar ish haqi oladi. Solishtirish uchun, 2025 yilda uning maoshi 20,45 million dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, yiliga kamida 10 million dollar maosh oladigan futbolchilar soni besh nafarga yetdi.
MLSda eng koʻp maosh oladigan 5 futbolchi quyidagicha:
- Lionel Messi («Inter Mayami») – 28,33 million dollar
- Robert Levandovski («Chikago Fayr») – 19,51 million dollar
- Antuan Grizmann («Orlando Siti») – 13,94 million dollar
- Son Hyn Min («Los-Andjeles») – 11,25 million dollar
- Breel Embolo («Atlanta Yunayted») – 10,81 million dollar
Ligada yiliga kamida 1 million dollar kafolatlangan maosh oladigan futbolchilar soni 150 nafarga yetgan. MLSda oʻrtacha kafolatlangan maosh 746 936 dollargacha koʻtarildi. Bu 2025 yil oktyabridagi koʻrsatkich (632 809 dollar)ga nisbatan 18 foiz oʻsish demakdir. Mediana maosh 360 042 dollarni tashkil etdi, bu esa oʻtgan yilga (338 347 dollar) nisbatan 6,4 foizga koʻp.
Maosh jamgʻarmasi eng katta boʻlgan MLS klublari roʻyxati quyidagicha:
- «Inter Mayami» – 59,37 million dollar
- «Chikago Fayr» – 41,29 million dollar
- «Atlanta Yunayted» – 38,35 million dollar
- «Los-Andjeles Gʻelaksi» – 34,91 million dollar
- «Los-Andjeles» – 32,91 million dollar
Izohlar (0)