“An-Nasr”ga yangi murabbiy tayinlandi
Ange Postekoglu Saudiya Arabistoni chempioni «Al-Nasr» klubi bosh murabbiyi etib ikki yilga tayinlandi.
60 yoshli mutaxassis Ange Postekoglu Saudiya Arabistonining mashhur klubi "An-Nasr" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida mamlakat chempioni matbuot xizmati ma'lum qildi. Tomonlar ikki yillik shartnoma imzolagan.
Postekoglu so‘nggi bir necha oy davomida ishsiz edi. O‘tgan kuzda u "Nottingem Forest" klubidan bo‘shatilgan va "An-Nasr"ga kelgunga qadar boshqa jamoani qabul qilmagan. Uning murabbiylik faoliyatida Avstraliya terma jamoasi, "Seltik" va "Tottenxem" kabi klublar ham bor. Qiziqi shundaki, aynan Postekoglu qo‘l ostida "shporlar" UEFA Yevropa Ligasi Kubogini qo‘lga kiritgan.
"An-Nasr" o‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lgan edi. Mavsum oxiriga qadar jamoaga portugalik mutaxassis Jorje Jezush boshchilik qilgan.
Izohlar (0)