
Ana xolos: Mbappe “Real”ga o‘tmaydi!
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappe klubni tark etmaydi. Taniqli jurnalist Xose Vilyarroyyaning ta’kidlashicha, 25 yoshli forvard “Real”ga o‘tmaydi.
Yaqinda Kilian Mbappe PSJ bilan hamkorlikni uzaytirmasligi va yanvar oyida “Real” bilan dastlabki shartnomani imzolashi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Xose Vilyarroyya bularning barini inkor qilib, Mbappe Madridga bormasligini aytmoqda.
Parij klubi mutasaddilari bir necha oydan beri Kilianni jamoada qolishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti. Biroq Mbappe shartnomani yangilashga shoshilmayapti.
Keyingi paytda frantsiyalik to‘rurarga “Real”dan tashqari, “Barselona”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” kabi grand klublardan qiziqish bo‘layotgani haqida axborotlar tinmayapti. Qolaversa, Saudiya Arabistoni klublari ham Mbappe uchun pul ayamasligini bildirmoqda.
Fikrlar