Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ana xolos: Xoland “Real”ga o‘tmoqchi!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Buni Xolandning atrofidagilar ham tasdiqladi

“Manchester Siti”ning Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlari ligasidagi muvaffaqiyatlarini ta’minlab kelayotgan norvegiyalik hujumchi Erling Xoland muhitni o‘zgartirishga moyilligini bildirdi.

Jurnalist Jorj Pikonning xabar qilishicha, 25 yoshli to‘purar faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishni istayapti. Bu ma’lumotlarni Xolandning atrofidagilar ham tasdiqladi.

Manbaga ko‘ra, Xolandning “Manchester Siti” bilan 2034 yilning yarmigacha tuzgan shartnomasida boshqa klubga o‘tish imkonini beruvchi band bor, ammo undagi badal summasi hozircha noma’lum.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Xolandning “Real”ga o‘tish qarori Vinisius Junior bilan bog‘liq emas. Norvegiyalik hujumchi braziliyalik yulduz Madridda qolgan taqdirda ham Xabi Alonso jamoasiga qo‘shilishga tayyor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q