Anchelotti: "Bellingemdan jahlim chiqdi"
Karlo Anchelotti Jud Bellingem bilan bog‘liq qiziqarli voqea haqida gapirdi.
"Bellingemdan jahlim chiqdi. Kecha u mening qo‘ng‘irog‘imga javob bermadi, lekin Vinisius qo‘ng‘iroq qilganida, darhol ko‘tardi", - dedi Anchelotti.
Jud "qirollik klubi" safidagi debyut mavsumida Ispaniya chempionatida 19 ta gol urdi. O‘tgan yozda "qaymoqranglilar" angliyalik yarim himoyachi uchun Dortmundning "Borussiya"siga 103 million evro to‘lagandi.
Eslatib o‘tamiz, Jud Bellingem, Killian Mbappe, Dani Karvahal, Chuameni, Kamavinga, Ferlan Mendi va Federiko Valverde dam olishda. Ular 7 avgust kuni jamoa safiga qo‘shilib 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan UEFA Superkubogi uchun tayyorgarlik ko‘rishadi.
Fikrlar