Anchelotti "Botafogo" bosh murabbiyi bo‘ladi

  • 7 iyul, 14:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
CHERY AUTO

Karlo Anchelottining o‘g‘li — 35 yoshli Davide Anchelotti Braziliyaning "Botafogo" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

Avvalroq jamoani boshqargan Renatu Payva o‘tgan mavsum ichki chempionatdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng lavozimidan ozod etilgandi.

Endi Davide otasi bosh murabbiylik qilayotgan Braziliya terma jamoasidagi yordamchi vazifasini tark etib, faqat "Botafogo"da ish olib boradi. 

Bir necha oy oldin Davide Anchelotti Karlo Anchelotti bilan birga, Madridning "Real" klubida birgalikda ish olib borgan. Shuningdek, ko‘plab nufuzli musobaqalarda zafar quchish uchun otasiga eng katta yordam bergan mutaxassislardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!