
Anchelottida o‘rta darajada xavotir bor
Karlo Anchelotti "Real"dagi vaziyat borasida qanchalik havotirda ekanligini aytib o‘tdi.
"Real" La Liga turnir jadvalida ayni vaqtda ikkinchi o‘rinda bormoqda va "ko‘k-anorranglilar"dan 4 ochko ortda qolmoqda. So‘nggi bahsda madridliklar "Atletik"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).
"Biz barcha turnirlarda kurashni davom ettiramiz. Biz o‘zimizda bor muammolarni hisobga olib, optimist bo‘lishimiz kerak.
Hali jamoaning eng yaxshi versiyasini ko‘rsatganimiz yo‘q. Ishonchimiz komilki, ertami-kechmi buni ko‘rsatamiz. To‘g‘risi, menda o‘rta darajadagi xavotir bor", - dedi "qaymoqranglilar" ustozi.
Fikrlar