"Andijon" ilk transferini e’lon qildi

  • 04.12.2025 16:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumda jiddiy maqsadlar uchun kurashishni ko‘zlayotgan "Andijon" ilk yangi transferini e’lon qildi.

Klub matbuot xizmati yakuniga etgan chempionatni “Bunyodkor” safida o‘tkazgan gruziyalik hujumchi Imeda Ashortianing 2026 yilni “Andijon” libosida o‘tkazishini va tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishib, shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Ashortia 1996 yilning 30 oktyabr kuni Gruziyaning Martvili shahrida tavallud topgan. Shu kungacha u Gruziyaning “Martvili”, “Dila”, “Kolxetti-1913”, “Tsxinval”, “Telavi”, Ozarbayjonning “Turan Tovuz” va Qozog‘istonning “Shaxtyor” jamoalarida to‘p surgan.

Bu yil “Bunyodkor” safida Superliga va Kubok doirasida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasiga 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!