Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Andijon" o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 1

Tayyorgarlik davom etyapti.

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish va futbolchilarning o‘yin amaliyotini bir maromda saqlab turish maqsadida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi tabiiy.

“Andijon” jamoasi ham Superliganing navbatdagi uchrashuviga qadar ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Raqib pro liga vakili, Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasidir.

Ushbu raqibga qarshi dastlabki bellashuv 10 noyabr kuni “Bobur Arena”da soat 15:00 da boshlansa, ikkinchi o‘yin 15 noyabr kuni Qo‘qonda o‘tkaziladi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q