"Andijon" o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi

  • 21.02.2024 17:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bugun “Andijon” Toshkentdagi yig‘ini doirasida Nukusning “Aral” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

O‘yin davomida darvozalarga jami uchta gol urildi. Birinchi bo‘limda “Aral” futbolchisi Salamat Quttiboev jarima zarbasidan keyin hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda “Andijon”da to‘p surgan va hozirda “Aral” yig‘inida qatnashayotgan Izzat Abdulhakov ikkinchi golga mualliflik qildi. Shuningdek, andijonliklardan Sunnatilla Abdullajonov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Uchrashuv “Andijon”ning nazorat ostida o‘tdi, muhimi bir qancha golli imkoniyatlar ham yaratilmoqda. Aytish mumkinki, jamoa o‘yini shakllanib boryapti.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!