
"Andijon" Xebayga o‘rinbosar topdi!
"Andijon" klubi Rubin Xebayni o‘rnini to‘ldirishga qodir xujumchi izlamoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "burgutlar" e’tibor markazida Tojikiston terma jamoasi va Moldovaning "Milsami" klubi a’zosi Shaxrom Samiev bo‘lib turibdi.
So‘nggi mavsumlarni Moldoviya chempionatida o‘tkazgan forvard uchun "Andijon" 50 ming dollardan voz kechishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Rubin Xebay o‘tgan mavsumda Xomyakov jamoasining asosiy futbolchisi edi. U o‘tgan mavsumda jamoadagi debyut yilida 27 o‘yinda ishtirok etib, maydonda 2138 daqiqani o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bu orqali u “Andijon”ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Superligada esa to‘purarlar orasida ikkinchi bo‘ldi. Mavsum yakunlariga ko‘ra, Xebay Superliganing eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va yilning ramziy terma jamoasidan joy oldi.
Fikrlar