"Andijon"ning yangi hamkorini e'lon qildi
Andijon va "Adidas": Yangi mavsum — yangi uslub, yangi g'alabalar!
"Andijon" futbol klubi yangi mavsumdan boshlab jahonga mashhur "Adidas" brendi bilan rasmiy hamkorlikni boshladi. Endi "burgutlar" maydonga zamonaviy dizayn, yuqori sifat va ilg'or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan "Adidas" ekipirovkalarida chiqadi.
Bu hamkorlik klub taraqqiyotida muhim bosqich bo‘lib, professional standartlarga sodiqlik, xalqaro tajriba va katta maqsadlarga intiluvchanlikni ifoda etadi. "Andijon" o‘z tarixiga hurmat bilan qarab, yangi mavsumga yangi ruh va yangi qiyofa bilan qadam qo‘ymoqda.
Fikrlar