
Andrea Petkovich chorak final ostonasida qoqildi
Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan "NYJTL Bronx Open" xalqaro turnirining uchinchi kunida tennis malikalari chorak final yo‘llanmasi uchun raqobatlashmoqda.
Unda italiyalik Kamila Jorji germaniyalik Andrea Petkovichga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 3:6, 7:5, 7:6 hisobida zafar quchdi.
Shuningdek, ikkinchi davrada frantsiyalik Alize Korne xitoylik Lin Chjuni 7:6, 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratayotgan bir vaziyatda Lin uchrashuvni davom ettirmadi.
Fikrlar