Angliya klubi bir kunda yangi murabbiy topdi
Angliya Premier-ligasida “Bornmut” jamoasini uch mavsum davomida barqaror boshqarib kelgan Andoni Iraola bosh murabbiylik lavozimini tark etishga qaror qilganini va buni mavsum oxirida, uning shartnomasi tugaydigan paytda amalga oshirishini e'lon qilgan edi.
Oradan bir kun o‘tib, klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga Marko Rozeni olib kelmoqchi ekani haqida ma'lumotlar tarqatildi.
Ma'lum bo‘lishicha, Iraola ketish haqidagi qarorini “Bornmut” rahbariyatiga mart oyidagi xalqaro tanaffus payti dayoq bildirgan, shuning uchun klubda unga o‘rinbosar topish uchun ma'lum vaqt bo‘lgan.
The Telegraph nashri ma'lumotiga ko‘ra, “Bornmut” bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgan 49 yoshli nemis mutaxassisi bilan muzokaralarda katta ilgarilashga erishgan hamda tayinlovni iloji boricha tezroq amalga oshirmoqchi.
Roze 2025 yil mart oyida “RB Leyptsig”dan bo‘shatilganidan beri ishsiz yuribdi. Ilgari Marko Dortmundning “Borussiya” jamoasini ham boshqargan va bu jamoa bilan Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etgan.

Fikrlar