Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Angliya klubi bosh murabbiyni ishdan haydadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Ishini eplolmadi

Portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu «Vest Xem» jamoasini boshqarishdan ketdi. Bu haqida London klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Klub bayonotida qayd etilishicha, direktorlar kengashi jamoa oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish va rejadan chekinmaslik uchun murabbiylar shtabida o’zgarishlar qilish zarur, degan xulosaga kelgan.

— «Vest Xem» Nunu va uning murabbiylar jamoasiga mehnatsevarligi va klubga sadoqati uchun minnatdorchilik bildiradi. Yangi bosh murabbiyni izlash jarayoni allaqachon boshlab yuborilgan, — deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Nunu Eshpiritu Santu «Vest Xem»ni 2025 yil sentyabridan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo’l ostida jamoa 53 o’yin o’tkazdi: 20 marta g’alaba qozondi, 13 bor durang qayd etdi va 20 uchrashuvda mag’lubiyatga uchradi.

Chemionshipning 13-turidan so’ng «Vest Xem» turnir jadvalida 22 ochko jamg’arghan holda sakkizinchi o’rinni egalab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q