Angliya klubi transferdan voz kechdi
Bu futbolchiga ortiqcha narx so‘rashdi
«Kristal Pэlas» markaziy himoyachi Krislen Matsima transferi boʻyicha «Augsburg» bilan olib borilayotgan muzokaralarni toʻxtatdi. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, londonliklar nemis klubining moliyaviy talablarini juda yuqori, deb baholab, bitimdan voz kechishga qaror qilgan. Avvalroq angliyaliklar muzokaralar juda sekin ketayotgani sabab ham transferni bekor qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Krislen Matsima «Kristal Pэlas» qaroridan xabardor qilingan va endi u «Augsburg»ning yigʻinlariga qayta qoʻshiladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil qishida Mark Gexi «Manchester Siti»ga sotilganidan soʻng «Kristal Pэlas» markaziy himoyachi qidiruvini davom ettirmoqda. Himoya chizigʻini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlar sifatida «Tuluza» futbolchisi Charli Kressuell, «Lion» aʼzosi Ruben Klyuivert va «Trabzonspor» himoyachisi Chibuke Nvayvu tilga olinmoqda.

Izohlar (0)