Angliya klubi yetti karra chempionni olmoqchi

  • 22.08.2026 16:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Aston Villa» erkin agent maqomiga ega bo‘lgan sobiq «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretska bilan shartnoma borasida muzokara olib bormoqda. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.

Birmingem klubi himoyaviy vazifalarni bajara oladigan markaziy yarim himoyachi bilan joriy transfer oynasi yakunlanguncha kelishuvga erishishni maqsad qilgan. Avvalroq «Aston Villa» «Bavariya» tarkibidagi Joau Palinyaga ham jiddiy qiziqish bildirgan edi, biroq portugaliyalik futbolchi endilikda «Benfika»ga o‘tishiga yaqin turibdi.

31 yoshli Leon Goretska 2018 yildan beri myunxenlik «Bavariya» sharafini himoya qilib keldi. U klub bilan birga yetti karra Germaniya chempioni (2018/2019, 2019/2020, 2020/2021, 2021/2022, 2022/2023, 2024/2025, 2025/2026), uch karra Germaniya kubogi sohibi (2018/2019, 2019/2020, 2025/2026) va to‘rt karra Superkubok g‘olibi (2018, 2020, 2021, 2025) bo‘lgan.

Shuningdek, Goretska «Bavariya» tarkibida Yevropa Chempionlar ligasi (2019/2020), UEFA Superkubogi (2020) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2020) musobaqalarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!