Angliya klubi "Yuventus" darvozabonini olib keldi
Darvoza ishonchli qo'llarda
Angliyaning «Bornmut» klubi 29 yoshli italyalik darvozabon Mikele Di Gregorio bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e’lon qildi.
Shu tariqa futbolchi o‘z faoliyatini Premier-ligada davom ettiradi. Kelishuv «Yuventus» klubidan bir yillik ijara asosida tuzilgan bo‘lib, keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.
Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, «Bornmut» darvozabon ijarasi uchun taxminan 1,3 million yevro to‘ladi. Shartnomada 2027 yil yozida futbolchini qariyb 13–14 million yevro evaziga to‘liq sotib olish bandi ham belgilangan.
2025/2026 yildagi mavsumda Di Gregorio «Yuventus» tarkibida A Seriyada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 ta bahsni darvozasini daxlsiz saqlagan holda yakunladi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda darvozabonning bozor qiymati 10 million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)