Angliya Premier-ligasiga zo‘r darvozabon keldi

  • 10.06.2026 23:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan "Nyukasl" o‘z tarkibiga yangi darvozabon qo‘shib oldi. Angliya klubi Fransiya chempionatida ishtirok etayotgan "Reyms" jamoasidan 20 yoshli Yuen Jauenni transfer qildi. 

BBC xabariga ko‘ra, "qarğalar" yosh darvozabon bilan uzoq muddatli kelishuvga erishgan.

Transfer qiymati 18,5 million funt sterlingni tashkil etdi. Bu taxminan 21,5 million yevro atrofiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan mavsumda Jauen Fransiya chempionatining kuchi bo‘yicha ikkinchi divizionida "Reyms" sharafini himoya qildi. U 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, shu o‘yinlarning 15 tasida darvozasini goldan soqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!