Angliyada boshqa bunaqa jamoa yo‘q

  • 7 oktabr, 2023, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vest Xem” Evropa maydonlarida muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda. Xalqaro maydonda bu jamoani engadigani topilmayapti.

Tecno

“Bolg‘aurarlar” qit’adagi turnirlarda mag‘lubiyatsiz seriyasini 17 taga etkazdi. Bu ko‘rsatkich Angliya jamoalari uchun rekord natija hisoblanadi. Hali hech qaysi Angliya klubining mag‘lubitsiz seriyasi bu qadar uzoq davom etmagan.

“Vest Xem”ning bu seriyasi o‘tgan mavsumda Konferentsiyalar ligasidan boshlangan edi. Oxir-oqibat jamoa UEFA turnirining finalida “Fiorentina”ni 2:1 hisobida taslim qildi.

Bu mavsum Devid Moyes shogirdlari Evropa ligasida qatnashyapti. A guruhidan joy olgan angliyaliklar dastlabki ikki turda Serbiyaning “Bachka-Topola” jamoasini 3:1 va Germaniya vakili “Frayburg”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi “Vest Xem” 26 oktyabr kuni navbatdagi turda Gretsiyada “Olimpiakos” mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!