Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Angliyada kutilmagan transfer pishyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu oʻyinchiga jamoa kerak

APLda kutilmagan transfer ehtimoli oshmoqda. Manbalarga ko‘ra, «Chelsi» yaqin vaqtlar ichida «Tottenxem»ning sobiq yarim himoyachisi Iv Bissuma bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Mali terma jamoasi a’zosi bo‘lgan futbolchi Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoaga taklif etilgan. Hozircha Bissuma erkin agent maqomiga ega, chunki u «Tottenxem»ni tark etgan. 

Shu bois u transfer oynasi yopilgandan keyin ham istalgan klub bilan kelishuvga erisha oladi. Londonliklar uni yaqinda «Manchester Siti»ga o‘tgan Enzo Fernandezga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Iv Bissuma «Tottenxem» safida jami 111 ta o‘yin o‘tkazgan. Ushbu bellashuvlarda yarim himoyachi raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q