Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Angliyaga emas, "Barsa"ga boraman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bir qarorga keladigan vaqt bo‘ldi

«RB Leyptsig» tarkibida toʻp surayotgan 23 yoshli markaziy himoyachi Kastello Lukeba qishki transfer oynasida yoki 2027 yil yozida «Barselona» safiga oʻtishga rozilik bildirgani xabar qilinmoqda. 

Fransiyalik futbolchi oʻtgan yozda unga qiziqish bildirgan Angliya premer-ligasi klublaridan koʻra «Barsa»ni afzal koʻrgan.

Maʼlumotlarga koʻra, «Barselona» bosh murabbiyi Xanzi Flik Lukeba haqida ijobiy skautlik xulosalarini olgan va uning jamoa uslubiga moslasha olishiga ishonmoqda. Oʻtgan yozda sport direktori Deku Alessandro Bastoni boʻyicha «Inter» bilan muzokaralar olib borgan, ammo Flik oxir-oqibat chap oyoqli markaziy himoyachini olish gʻoyasini maʼqullamadi. Shu davrda Lukeba nomzodi ham muhokama qilingan, biroq muzokaralar dastlabki bosqichdan narigiga oʻtmagan.

«RB Leyptsig» Lukebani taxminan 65 million yevro atrofidagi miqdor evaziga qoʻyib yuborishi mumkinligi aytilmoqda, biroq bu summa pasayishi ehtimoli ham bor. Futbolchining oʻzi esa Germaniyadagi faoliyatini yakunlashga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgani taʼkidlanmoqda. «Leyptsig» uni uch yil avval «Olimpik»dan 30 million yevro evaziga olib kelgan edi. Lukeba jismoniy kuchi, tezkorligi va himoyadan hujumni boshlab berishdagi mahorat bilan ajralib turadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q