Angliyaga qaytmayman!
Germaniyaning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Maykl Olise Premer-ligaga qaytishni rejalashtirmayapti.
Olise 2024 yilda «Kristal Pэlas»dan 51 million funt evaziga ko‘chib o‘tganidan keyin yuqori darajadagi futbolchiga aylandi. U «Bavariya» safida 114 ta o‘yinda 50 ta gol urdi va 58 ta golli uzatma amalga oshirdi.
«Bavariya» 2029 yilgacha amal qiladigan Olisening shartnomasini uzaytirish uchun katta sa’y-harakat qilmoqda. Yaqinda matbuotda Maykl yangi shartnoma imzolamasa, kelasi yozda sotilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Olisega «Liverpul» klubi anchadan beri qiziqish bildirib keladi. Hatto «Liverpul» 24 yoshli fransuzni o‘zining pleymeykeri Florian Virtsga almashtirishga tayyor ekani haqida ham xabarlar bor. Virts esa klub kutgan natijani ko‘rsata olmadyapti.
TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, Olise Premer-ligaga qaytish ehtimolini hech qachon istisno qilmagan. Ammo Maykl «Bavariya»ni tark etgan taqdirda ham, uning ustuvor yo‘nalishi Angliya emas, Ispaniya bo‘ladi.
La Liganing grandlaridan «Real» va «Barselona» Olise atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Agar futbolchi «Bavariya» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, har ikki klub harakat qilishga tayyor bo‘ladi.

Fikrlar