Angliyalik darvozabon Ugandada podshoʻh boʻldi
Kutilmaganda baxt qushi qo‘ndi
Angliya futbolida kuch jihatidan to‘qqizinchi ligada ishtirok etadigan «SE Dons» jamoasi darvozaboni Jorj Kamorasi kutilmaganda o‘z vatani Ugandada podsho‘h maqomiga ega bo‘ldi. Keniya bilan birga sobiq Britaniya mustamlakasi hisoblangan bu mamlakatda uning «oliy najotli qoni» rasmiy tan olingani haqida derbyderbyderby.it nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jorj Ugandada rasmiy podsho‘hlik sulolalari sifatida e’tirof etilgan to‘rt nasabdan biriga mansub ekan. Afrikaning ushbu olis mamlakatida monarxiya tuzumi 1993 yilda qayta tiklangan.
Shu bilan birga, keyinroq qabul qilingan konstitutsiyada podsho‘hlar hech qanday ma’muriy yoki qonun chiqarish vakolatiga ega emasligi alohida belgilab qo‘yilgan. Ular faqat ramziy, madaniy vakillik vazifalarini bajaradi.
Izohlar (0)