Angliyaning top-klubi “Barsa” yulduzini sotib oladi
“Barselona”ning qanot himoyachisi Alekhandro Balde yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi va Angliya Premier-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur xabar berishicha, kataloniyaliklar Balde bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga ochiq.
Klub sport direktori Deku himoyachining sifatlariga to‘liq ishonch bildirmayapti va uni sotib yubormoqchi.
Baldega hozirning o‘zida xaridorlar bor. Xususan, “Liverpul” mahoratli himoyachini transfer qilishga tayyor, chunki Endryu Robertsonning ketishi sababi jamoaga yangi qanot futbolchisi kerak.
Shuningdek, himoyachiga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha mersisaydliklar afzal pozitsiyada turibdi.
Ushbu mavsumda 22 yoshli Balde barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda ishtirok etdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining qiymatini 60 million yevro, deb baholamoqda.
Fikrlar