Angliyaning uchta klubiga Endrik kerak
"Real" baribir o'ynatmayapti
Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Endrik qishda Angliya premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli braziliyalikni o‘z safiga qo‘shib olishga «Aston Villa» jiddiy qiziqmoqda. Unai Emeri boshqaruvidagi klub qishki transfer oynasida yosh forvardni ijaraga olishni rejalashtirgan.
Shu bilan birga, bir necha yirik klublar ham Endrikka ko‘z tikkani aytilmoqda. Xususan, «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» ham hujumchiga qiziqish bildirgan, bu esa «Aston Villa» uchun raqobatni kuchaytirishi mumkin.
Endrik joriy mavsumda «Real» tarkibida jami to‘rt daqiqa maydonga tushgan, xolos. Agar yozda madridliklar uni ijaraga qo‘yishni istamagan bo‘lsa, hozir vaziyat o‘zgarqan: klub rahbariyati tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Endrikning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)